Raqamli rivojlanish sohasida O'zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya o'rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

Raqamli rivojlanish sohasida O'zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya o'rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

29-31 oktyabr kunlari Toshkentda "O'zbekistonda hukumatning raqamli transformatsiyasi: Buyuk Britaniya tajribasi"mavzusida seminar bo'lib o'tadi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi satrlarda – LBMA) va O'zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magi ostida tashkil etildi.

Seminarni LBMA direktori o'rinbosari V. Pak, Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchisi Timoti Torlot va BMTTDning samarali boshqaruv, siyosat va kommunikatsiyalarga ko'maklashish klasteri rahbari Muhamedxonova Kamila o’z ma'ruzalari bilan ochib berishdi. 

2 (4).jpg

7 (3).jpg

12 (2).jpg

Seminarda Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Raqamli rivojlanish xizmati (GDS) ekspertlari raqamli transformatsiya va elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo’yicha o'z tajribalarini taqdim etdilar.

Tadbir doirasida mamlakatning raqamli rivojlanishini strategik rejalashtirish, foydalanuvchilarga yo'naltirilgan davlat xizmatlarini loyihalashtirish, eng ilg'or Britaniya va xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda idoralararo raqamli platformalar yaratish sohasida bir qator treninglar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Xususan, ishtirokchilar BMTTD va Jahon banki ko'magida LBMA tomonidan ishlab chiqilayotgan "Raqamli O'zbekiston-2030" raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish milliy strategiyasi loyihasini muhokama qiladilar. Respublika vazirlik va idoralari mutaxassislari bilan birgalikda bola tug'ilishi va nogironlik maqomini ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq qator davlat xizmatlarini ko'rib chiqadilar. Shuningdek, ishtirokchilar O'zbekistonda identifikatsiya qilish platformalari, bildirishnomalar, to'lovlar platformalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi va raqamli platformalar yaratish bo'yicha trening o'tkaziladi.

11.jpg

Trening natijalariga ko'ra davlat organlari xodimlarining davlat xizmatlarini ko'rsatishda raqamli transformatsiya va mijozga yo'naltirilgan yondashuv davlat strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim jihatlari bo'yicha malakasi va salohiyatini oshirish, hukumatga raqamli transformatsiya va raqamli iqtisodiyotga o'tish masalalari bo'yicha ekspert maslahatlarini berish kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, GDS vakillarining Toshkentga oldingi tashrifi 2019 yil mart oyida "O'zbekistonda elektron hukumat va raqamli transformatsiyaning kelajagi" mavzusidagi xalqaro davra suhbati doirasida amalga oshirilgan edi.

Amaldagi tashrif O'zbekiston Respublikasi bilan buyuk Britaniya o'rtasidagi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va kengaytirish yo'lidagi navbatdagi qadamdir.

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.