LBMA va Lyudjou (XXR) shahri ma’muriyati hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

LBMA va Lyudjou (XXR) shahri ma’muriyati hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

2019 yil 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida Lyudjou (XXR) shahrining xalq hukumati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda direktor o‘rinbosari D. Maqsudov boshchiligidagi Agentlikning mas’ul xodimlari, Xitoy tomonidan – Lyudjou shahrining Xalq hukumati ijrochi vitse-meri Janob Lyu Ke boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdi.

Direktor o‘rinbosari D. Maqsudov so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida iqtisodiy faollik darajasi yuqori bo‘lgan, umumiy savdo aylanmasi 6,4 milliard dollarni tashkil etgan mustahkam ikki tomonlama aloqalar shakllanganligini qayd etdi.

«Xitoy ketma-ket to‘rt yil davomida O‘zbekistonga eng yirik investitsiya manbai hisoblanadi. Xitoy O‘zbekistonni «Bir makon - bir yo‘l» tashabbusini amalga oshirishda muhim sheriklardan biri deb hisoblayotganidan, O‘zbekistonda infratuzilma, transport va telekommunikatsiyalarga katta sarmoya kiritayotganidan minnatdormiz. Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida o‘zaro siyosiy anglashuv bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda», dedi u.

Xitoy tomoni Jizzax va Lyudjou shaharlariga do‘stona, o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish yo‘lidagi ramziy va oqilona qadam sifatida «birodar shaharlar» maqomini berish tashabbusini ilgari surdi.




Uchrashuvda Jizzax va Lyudjou shaharlari o‘rtasida eksport-importni yo‘lga qo‘yish va o‘zbek avtomobil sanoati uchun mahalliy avtomobil ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida sanoat, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, savdo, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, sport, san’at sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.

Xitoy delegatsiyasi o‘zbekistonlik vakillarni sanoat ishlab chiqarish ob’ektlari bilan tanishish uchun Lyudjou shahriga tashrif buyurishga taklif qildi.




Ma’lumot uchun: Guansi-Chjuan avtonom tumanining markazida joylashgan Lyudjou shahri nafaqat mashhur tarixiy va madaniy shahar, balki qiziqarli sayyohlik joyidir. 18,707 kvadrat kilometrlik maydonda 4 million aholisi bor. Guansi-Chjuan avtonom hududida eng yirik sanoat bazasi hisoblanadi.

Lyudjou ilm-fan (telekommunikatsiya va IT, shu jumladan, amaliy ilmiy tadqiqotlar) va ta’limning muhim markazi. Shaharda va shahar atrofida 13 ilmiy-tadqiqot instituti, 7 sanoat ilmiy-tadqiqot instituti, 111 kompaniya va ilmiy-tadqiqot va sinov-konstruktorlik ishlanmalar markazlari, shu jumladan avtomobillar uchun yangi materiallar va ehtiyot qismlar, nodir metallar, bambuk yog‘och massasidan qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish bщyicha milliy muhandislik-texnologik tadqiqot markazlari joylashgan.

Manba: KRE.

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.