2019 yil 21 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi satrlarda – LBMA) xamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita bilan hamkorlikda, xalqaro bag'rikenglik kuniga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.
Seminarda LBMA direktorining o'rinbosari Davron Maqsudov va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita vakili Bahodir Daminov o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Ular o’z chiqishlarida, din masalalarida davlatimizning joriy siyosati, diniy ekstremizmning oldini olish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlarga aloxida to’xtalib o’tishdi va diniy tashkilotlar, dinlararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlashdagi sayi xarakatlar haqida batafsil so'zlab berdilar.
Tadbirda, O'zbekiston xududida 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilishi, va 140 ga yaqin milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritayotgani ta'kidlandi. O'zbekistonda din erkinligi – konstitutsiya bilan ximoyalangan va mustahkamlangan.
Ma'lumot uchun:
BMT Bosh Assambleyasining 1996 yilda qabul qilingan qaroriga muvofiq, har yili 16 noyabr kuni butun dunyo bo’yicha xalqaro bag'rikenglik kuni nishonlanadi. Ushbu skunda O'zbekistonda xam maxsus tadbir va dasturlar tashkil etilib, keng miqyosda nishonlanib keladi.