Davlat tili kuniga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi

Davlat tili kuniga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi

O‘zbek tili dunyodagi eng boy va go‘zal tillardan biri. Uning bebaho maʼnaviy boyligi, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida g'oyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.

Bundan 30 yil oldin, 1989 yil 21 oktyabrda "Davlat tili to'g'risida" gi qonun qabul qilinib, unga muvofiq o'zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

Davlatimiz rahbarining “Davlat tili haqida” gi qonun qabul qilinganligining 30 yilligini keng nishonlash to'g'risidagi Qarorni ijrosini ta'minlash maqsadida, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruv milliy agentligi bilan birgalikda bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda yuqori martabali mehmonlar, Oliy maktab va Agentlik hodimlari, magistr tinglovchilar ishtirok etishdi.

Tadbir munosabati bilan musiqiy chiqishlar tashkil etildi, o'zbek shoir va yozuvchilarining ijod namunalaridan parchalar o’qib berildi.

Shuningdek, jamoa vakillari, Toshkent shahridagi O'zbekiston Milliy bog'ida, o'zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo'yish marosimida ishtirok etdi.

15.jpg

2 (3) (003).jpg

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.