O`zbekistonda raqamli iqtisodiyot va blokcheyn texnologiyalarining imkoniyatlari nihoyatda istiqbolli hisoblanadi.
Mamlakat rahbarining 2018 yil 2 sentyabrdagi Qarori bilan kripto-aktiv va blokcheyn tekhnologiyalar sohasidagi kompaniyalarning erkin faoliyatiga start berildi.
Bundan tashqari, bu texnologiyalar davlat sektoriga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida joriy etilmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni, shuningdek blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida kadrlarni tayyorlash bo`yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan “Raqamli ishonch” jamg`armasi tashkil etildi.
12 noyabr kuni O`zbekistonda ilk bor - “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi” DUK avtomatlashtirilgan reyestrlar tizimida blokcheyn texnologiyasining pilot loyihasi joriy etildi. Shu tariqa mazkur obyekt ma’lumotlari har qanday manipulyatsiyadan himoyalandi.